“Tarnov”, “Hamma harakatda”, “Gul olay” va “Salom muhabbat” kabi ketma-ket xit taronalari bilan muxlislar qalbidan munosib o`rin egallashga ulgurgan “VIA Marokand” guruhi yangi qo`shig`iga klip suratga olish ishlari boshlanganini ma`lum qildi.
“Mening dadam kapitan” deb nomlangan qo`shiqqa ishlanayotgan klip ham guruhning boshqa kliplari singari o`ziga xos bo`lishi kutilmoqda.
Klipda “Comedy Uz” rezidentlari Xasan va Xusan triosi ham suratga tushgan.