“Toshkent” telekanalida namoyish etilib, teletomoshabinlarning e`tirofiga sazovor bshlgan “Saodat” serialining birinchi fasli tugashi kinoixlosmandlarda “Ikkinchi fasli qachon beriladi?” degan haqli savolga sabab bo`ldi. Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida rejissyor Muzaffar Erkinov bilan bog`landik...
— Serialning birinchi va ikkinchi fasli orasidagi uzilish, tomoshabin qiziqishini oshirish uchun qilingan strategiyami?
— Asli 20 qismli serialni suratga olishga 14 oy vaqt beriladi. Biz suratga olish va montaj ishlarini barobar olib borganimiz uchun 10 oyda yakunladik. Aktyorlar, pavilonda qurilgan «uy»larimiz tayyor bo`lgani bois ish tezligi yanada oshadi. Tomoshabinni kuttirmaslik maqsadida ikkinchi faslning suratga olish ishlarini etti oyda tamomlashni reja qilganmiz.
— Birinchi fasl «Sog`lom ona va bola yili» davlat dasturi doirasida suratga olingandi. Ikkinchi faslda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dasturi ham o`rin olgan bo`lsa kerak?
— Albatta, bu ham ko`zda tutilgan. Lekin «Sog`lom ona va bola yili» davlat dasturi bilan bog`liq voqealarni kamaytirganmiz. Boisi giyoxvandlik, odam savdosi, kollejdagi muammolarga urg`u berilgan. Birinchi fasldagi bilan bog`liq yangi jinoyatlar ochiladi. Voqealar keskin burilish yasaydi, Ulug`bek Qodirov va Yigitali Mamajonovning qahramoni Zarina Nizomiddinova – Saodat uchun kurasha boshlaydi.
— Yangi qahramonlar ham qo`shilgandir?
— Kinosinov asosida 47 ta aktyor tanlab, serialga qo`shganmiz. Ulardan ikkitasi bosh qahramon rolini ijro etadi. Mazkur rolga aktrisalar Shahlo Temirova va Yulduz Rajabovani taklif qilganmiz.
O`ziga xos dalillar:
Sadoqat Allaberganova tayyorladi