AsosiyDunyo

​Charlie Hebdo yangi prezidentning 64 yoshli “homilador” rafiqasi karikaturasini chop etdi

'​Charlie Hebdo yangi prezidentning 64 yoshli “homilador” rafiqasi karikaturasini chop etdi'ning rasmi

O`zining provokasion karikaturalari bilan mashhur bo`lgan Fransiyaning Charlie Hebdo nashri yangi sonida mamlakatning yangi prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi aks ettirilgan karikaturani chop etdi.

Karikaturada 64 yoshli Brijit Makron homilador ko`rinishda aks ettirilgan.

Rafiqasidan 24 yosh kichik bo`lgan Makron esa suratda uning qornini ushlab turibdi. Karikatura “U mo`jizalar yaratadi” tarzida izohlangan.

Er-xotin Brijit bo`lajak prezident o`qigan maktabda fransuz tilidan dars bergan paytda tanishishgan.

Makron Brijitning birinchi nikohidan bo`lgan bolalariga otalik qiladi.

Biroq ularning o`zlarining farzandlari yo`q.

7 may kuni bo`lib o`tgan saylovlarda Emmanuel Makron 66% saylovchilar mehrini qozonib, mamlakat prezidenti bo`ldi.

Boshqa yangiliklar