AsosiyJamiyat

​Samarqandda 37 yoshli fuqaroning hayotiga zomin bo`lgan avtohalokatni sodir etgan haydovchi qo`lga olindi

'​Samarqandda 37 yoshli fuqaroning hayotiga zomin bo`lgan avtohalokatni sodir etgan haydovchi qo`lga olindi'ning rasmi

2017 yil 3 may kuni soat 21:30 larda, Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududida noma`lum haydovchi, noma`lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Jomboy tumanida yashagan, 1980 yilda tug`ilgan T.Jni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda T.J voqea joyida halok bo`lgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB.

Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi, Buxoro viloyati, G`ijduvon tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan G`.Sh shaxsiy “KAMAZ-53212” rusumli yuk avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 4 may kuni ushlangan.

Boshqa yangiliklar