​Black star yangi klipida GM Uzbekistan avtomobillarini reklama qildi(video)

Shou-biznes 12.05.2017, 15:04
Teglar: Video, GM Uzbekistan
​Black star yangi klipida GM Uzbekistan avtomobillarini reklama qildi(video)

Rossiyaning Black star prodyuserlik kompaniyasi va shu nomdagi leybl xonandasi Doni “Bombey” qo`shig`iga ishlangan klipda O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalandi.

Reper klipdagi kadrlarda qora rangdagi Ravon R3 (Nexia) va Ravon R2 (Spark) avtomobillari yonida paydo bo`ladi. Shuningdek, qo`shiq so`zlarida ham Ravon brendi tilga olinadi.

Ma`lumot uchun, Doni`ning asli ismi Dostonbek Islomov bo`lib, u O`zbekistonda tug`ilib o`sgan.

Uning xonandalik faoliyatiga kirib kelishi oson kechmagan. Doni taniqli xonanda bo`lishiga qadar hayot kechirish uchun ustachilik qilgan, qorovul bo`lib ishlagan, binolarni tozalash bilan shug`ullangan. Kunlardan bir kun Doniyor umumiy tanishlari orqali Black star leybli asoschisi Timati bilan tanishib qoladi. Undagi qobiliyatni payqagan Timati darhol hamkorlikni taklif qiladi.

Doni va Timati ijrosidagi “Boroda” klipi efirga uzatilgach, Doston mashhur bo`lib ketdi. Uning Natali bilan aytgan “A t takoy” qo`shig`i esa haqiqiy ma`nodagi “xit” tarona bo`ldi.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1