AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbari almashdi

'Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbari almashdi'ning rasmi

O`zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbarlarini almashtirdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Bulung`ur, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Samarqand, Poyariq, Jomboy va Oqdaryo tumanlari IIB boshliqlari vazifasidan ozod etildi.

Podpolkovnik Sodiqjon Abduhakimov Bulung`ur, mayor Ilyos Abduqahhorov Kattaqo`rg`on, podpolkovnik Aslamjon Ochilov Nurobod, podpolkovnik Abdurasul Sulaymonov Samarqand, podpolkovnik O`ktam Mamatqulov Poyariq, podpolkovnik Akram Halimov Jomboy, mayor Elyor Nurmamatov Oqdaryo tuman IIB boshlig`i etib tayinlandi.

Boshqa yangiliklar