O`zbek bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qo`shgan shoir Tursunboy Adashboev 78 yoshda vafot etdi.
Ma`lumot uchun, Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda O`sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog`ida tug`ilgan. ToshDUni hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan (1962). Ilk she`rlar to`plami — «Kamolning olmasi» (1964). «Biz sayohatchilar» (1966), «Olatovlik bo`laman», «Arslonbob sharsharasi» (1969), «Surnay» (1970), «Nur daryo» (1975), «Guldasta» (1968), «Olatog`-lolatog`» (1978), «Oqbo`ra to`lqinlari», «Sovg`a», «Arslonbob afsonasi» (1988), «Sichqonning orzusi», «Uch bo`taloq va sirli qovoq» (1990), «Orzularim — qo`sh qanotim» (2003), «Oltin yolli tulpor qissasi» (2003, ertaklar) kabi to`plamlari nashr etilgan. Uolter De Lamer, K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Briedis kabi shoirlarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.