1

​O`zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Jamiyat 12.05.2017, 16:45
Teglar: O`zbekiston, Xitoy
​O`zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 11 may kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi, deb yozadi O`zA.

O`zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko`lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko`tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o`zaro do`stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni 12 may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.

O`zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo`lib o`tdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbarini Xitoyga birinchi davlat tashrifi bilan samimiy qutladi.

Siz bilan Pekinda uchrashib turganimdan g`oyat xursandman. Bu yil davlatlarimiz o`rtasidagi diplomatik aloqalar o`rnatilganiga 25 yil to`lgani hamkorligimizning bundan keyin ham jadal rivojlanishiga zamin bo`ladi. 2016 yilda Buxoroda bo`lganimda menga hamrohlik qilganingiz uchun minnatdorman. Bugun barcha sohalarda hamkorligimiz izchil rivojlanayotgani bizni quvontiradi, dedi Si Szinpin.

XXR Raisi Xitoy va O`zbekiston munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo`yayotganini, bu bosqich yuqori texnologiyalar sohasida keng ko`lamli hamkorlik boshlangani bilan izohlanishini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev taklif uchun minnatdorlik bildirdi va bugungi muzokaralar oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi ekanini ta`kidladi.

O`zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga hurmat ko`rsatib, 2016 yil Buxoroga borganingiz, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga katta qiziqish bildirganingizdan xursandmiz. O`zbekiston Xitoyni qadimiy tarix va noyob madaniyat, ulkan salohiyatga ega, jahon iqtisodiyotining etakchilaridan bo`lgan va o`z maqsadlari yo`lida dadil borayotgan mamlakat sifatida biladi, dedi Shavkat Mirziyoev.

Muzokaralarda o`zaro va ko`p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Xitoy O`zbekistonning hayot sinovidan o`tgan ishonchli hamkoridir. Xalqlarimiz o`rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo`li tarixi bilan chambarchas bog`langan bo`lib, milliy qadriyat va an`analarimiz jahon madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo`shgan, savdo aloqalarimiz dunyo ahliga o`z davrining noyob buyumlarini taqdim etgan. Bugun insoniyatning kundalik ehtiyojlariga aylangan choy, paxta, ipak, qog`oz kabi mahsulotlar ularning bir qismi, xolos.

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokarada iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Xitoy O`zbekiston iqtisodiyotiga eng ko`p investisiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O`zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 7,8 milliard dollar miqdorida investisiya kiritgan.

2016 yil yakunlari bo`yicha o`zaro savdo aylanmasi hajmi 4,2 milliard dollarni tashkil qildi. Xitoy bozorida O`zbekistonda ishlab chiqarilgan to`qimachilik mahsulotlari, plastmassa buyumlar, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga talab oshib borayotir.

Xitoy tomoni O`zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va keng ko`lamli tuzilmaviy yangilanishlarga yuksak baho berdi va yuqori texnologiyalar sohasida, jumladan, sanoat va texnologiya parklari yaratish orqali hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanayotganini hamda ustuvor yo`nalishlar bo`yicha hamkorlikning istiqboli porloq ekanini yorqin namoyon etdi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1