2000 yilgi Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tgan Avstraliyaning Sidney shahridagi Olimpiya
xiyobonida katta yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Xiyobonning Monster Skatepark maydonini olov o`z komiga tortmasdan ilgari mahalliy o`t o`chirish xizmatiga qattiq qarsillagan ovoz chiqqani haqida xabar berildi. Guvohlardan birining aytishicha, qo`shni “Avstraliya” (ANZ Stadium) stadioni tomida ishlayotgan quruvchilar yonayotgan bino ichida qolgan yigitlarni qutqarishga shoshilishdi. Yaqin o`rtadagi sport maydonlaridagi odamlar evakuasiya qilindi. O`t o`chirish xizmati o`z Twitter sahifasida voqea joyiga 80 nafar xodim etib borganligini ma`lum qildi. Olov batamom o`chirildi, yonish oqibatida bir erkak jabrlangan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q.