1

​Shavkat Mirziyoev xitoylik ishbilarmonlarni O`zbekistonga taklif qildi

Jamiyat 13.05.2017, 16:22
Teglar: Xitoy, Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev xitoylik ishbilarmonlarni O`zbekistonga taklif qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o`zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari haqida so`z bordi, deya xabar qiladi O`zA.

Muloqotda O`zbekistonda XXRning etakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o`zaro manfaatli aloqalar yo`lga qo`yilgani, neft-gaz va telekommunikasiya tarmoqlari, transport, to`qimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yo`nalishlarda qo`shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Bu erda O`zbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotgan ishbilarmonlarni ko`rayotganimdan xursandman, dedi davlatimiz rahbari. Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz.

Prezidentimiz Xitoy biznes sub`ektlari O`zbekistondagi ko`plab yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni yo`lga qo`yganini qayd etdi.

Xitoy O`zbekiston iqtisodiyotiga eng ko`p investisiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O`zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investisiya kiritgani barchamizni xursand qiladi, dedi Shavkat Mirziyoev.

2013 yilda tashkil etilgan O`zbekiston – Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki – “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi o`zaro hamkorlikning yuksak namunasi ekanligi ta`kidlandi. Bu erda mobil telefonlar, tikuv mashinalari, qurilish materiallari, quyosh kollektorlari va boshqa raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o`zaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar xususida so`z yuritildi.

Prezidentimiz bugungi kunda O`zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlarga minnatdorlik bildirdi, aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda O`zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo`mitasi hamraisi Men Szen Chju, «COFCO» korporasiyasi direktorlar kengashi raisi Chjao Shuanlyan, Xitoy davlat taraqqiyot banki vise-prezidenti Chjan Syuguan, Xitoy Eksimbanki vise-prezidenti Sun Pin, «Poli interneshnl» kompaniyasi bosh direktori yordamchisi Myao Szechun va boshqalar O`zbekiston bilan hamkorlik yuqori natijalar berayotgani, bundan keyin ham o`zaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Yoqutistonda -61, Xitoyda -48, Shotlandiya vodiysida ilk bor -15, AQShda qor bo`ronlari va muzlab qolgan Moskva... Dunyo g`ayritabiiy sovuqdan aziyat chekmoqda

14.12.2022, 10:23

Rossiya hududiga, xususan, Sharq mintaqalarida g`ayritabiiy sovuqlar yaqinlashmoqda. Shuningdek, Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar aholisi noldan past haroratdan aziyat chekadi. Bu haqda "24-kanal"...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1