O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahridagi Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporasiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Xitoyga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakatning etakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo`yicha samarali kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimiz Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporasiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Bu erda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori.
Korporasiya raisi Gau Xun Vey Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar turi, turli davlatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari haqida so`zlab berdi.






