Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Kristina Orbakayte va teleboshlovchilar Andrey Malaxov hamda Alla Mixeevalar Toshkentda bo`lishdi.
Rossiyalik taniqli shaxslar modaga oid yangi jurnal taqdimotida ishtirok etishdi.
“Kechki Toshkent! Havo issiq. Plyus 30...Yangi jurnal faoliyatini yo`lga qo`ymoqdamiz”,—deb yozdi Andrey Malaxov o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Teleboshlovchi va aktrisa Alla Mixeeva ham o`z navbatida o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkent haqida taassurotlari bilan bo`lishdi.
“Nima istasangiz shuni qiling, lekin hammasini uyimga olib ketaman. Toshkent, rahmat! Bir qarashdayoq sevgi! Iliq va mehmondo`st qabul!”,—deb yozadi aktrisa.
Kristina Orbakayte esa Toshkent xalqaro aeroportida shpagatga o`tirishga urindi. Mazkur holat aks etgan surat uning Instragram`dagi sahifasidan joy oldi.