Toshkentda o`z ishini boshlagan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” xalqaro kongressi ishtirokchilari orasida «Nickel» galereyasi kuratori, Alberte (Kanada)dagi Kalgari Universitetidan Mishel Xardi ham bor.
"Bu mening Markaziy Osiyo, O`zbekistonga ilk tashrifim. Kongress endi o`z ishini boshladi, ammo nazarimda mazkur tadbir uning ishtirokchilari uchun g`oya va ma`lumotlar bilan bo`lishish borasida juda ajoyib imkoniyat. Muzeylar sohasida biz yo`qolib borayotgan boyliklar bilan shug`ullanamiz va shu sababli biz uchun birlashish va to`plamlar borasida bilimlar almashish juda muhim.”






