1

​Shavkat Mirziyoev «Bir makon, bir yo`l» forumida ishtirok etmoqda (Foto)

Jamiyat 15.05.2017, 12:09
Teglar: Xitoy, Prezident
​Shavkat Mirziyoev «Bir makon, bir yo`l» forumida ishtirok etmoqda (Foto)

14 may kuni Pekin shahrida xalqaro hamkorlik bo`yicha «Bir makon, bir yo`l» forumi boshlandi.

Anjumanning rasmiy ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi, deb yozadi O`zA.

Asosiy tashabbuskori Xitoy bo`lgan ushbu loyiha ikki va ko`p tomonlama aloqalar mexanizmlarini yanada mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modellarini shakllantirish va ilgari surishni nazarda tutadi.


Bu loyihada O`zbekistonning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk ipak yo`lining markazida joylashgan yurtimiz davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda katta o`rin tutgan.

Forumda 30 ga yaqin mamlakatdan davlat va hukumat rahbarlari, 130 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Anjumanda BMT Bosh kotibi, Jahon banki prezidenti va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ham qatnashmoqda.

Forumni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ochdi. Xitoy rahbari forumda ishtirok etayotgan barcha davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirib, mazkur loyihaning ahamiyati, maqsad va vazifalar haqida so`zladi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1