1

​Shavkat Mirziyoev "Bir makon, bir yo`l" xalqaro forumida nutq so`zladi

Jamiyat 15.05.2017, 13:59
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​Shavkat Mirziyoev "Bir makon, bir yo`l" xalqaro forumida nutq so`zladi

Pekin shahrida «Bir makon, bir yo`l» forumi 15 may kuni o`z ishini davom ettirdi, deb xabar beradi O`zA.

Forumda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Davlatimiz rahbari mazkur forumning ahamiyati, uni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari haqida so`z yuritdi.

Yurtimiz qadimdan jahon sivilizasiyasi markazlaridan biri bo`lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko`rilmagan darajada yuksaldi. O`zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O`zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda.

Qadimda turli mintaqalarning o`zaro aloqasida Buyuk ipak yo`lining roli beqiyos bo`lgan.

Buyuk ipak yo`li nafaqat hududlar o`rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit`alar o`rtasida axborot almashuvini ta`minlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xo`jaligi ekinlari tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizasiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Bugun bu yo`lning qayta tiklanishi deb baholanayotgan «Bir makon, bir yo`l» loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investisiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi, turizm, ta`lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim o`rin tutadi.

"Bir makon, bir yo`l" loyihasi rivojlangan davlatlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish, rivojlanayotgan, iqtisodi taraqqiyot bosqichida bo`lgan mamlakatlarga yordam berishni ham nazarda tutadi.

“ Forumda ko`plab davlatlar va hukumatlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Bu tashabbusning keng tarqalishiga imkon beradi. Bu global ahamiyatga ega g`oyadir, – deydi Tailand tashqi ishlar vaziri Don Paramudvina. – Mazkur tashabbusga O`zbekistonning ham qo`shilgani katta ahamiyatga ega. Mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Ko`plab davlatlarning etakchi firma va kompaniyalari mamlakatingizga sarmoya kiritmoqda. O`zbekiston rivojlangan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda”.

O`zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo`g`rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikasiyalari, sarmoya jalb etish bo`yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko`plab davlatlar ishbilarmonlarining hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda.

Forum bugun o`z ishini yakunlaydi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1