Toshkentda o`tayotgan “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” deb nomlangan xalqaro kongressda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” kitobi taqdimoti o`tkazildi.
Kitob jildlari quyidagicha nomlanadi:
1-jild, “Sharq davlat muzeyi”
2-jild, Rossiya etnografiya muzeyi,
3-jild, “Davlat Tretyakov galereyasi”,
4-jild, “O`zbekiston gilamlari va kashtalari dunyo to`plamlarida”,
5-jild, “Rossiya milliy kutubxonasi”,
6-jild, “Glinka nomidagi ButunRossiya musiqiy madaniyat muzeylari birlashmasi”,
7-jild, “Sharq qo`lyozmalari instituti”,
8-jild, “Davlat ermitaji”,
9-jild, “Davlat tarix muzeyi”,
10-jild, O`zbekiston gilamchiligi-asrlar osha saqlangan an`analar”.
Har bitta kitob jildi taqdimoti kitobning mazmun-mohiyatini qamrab olgan o`ziga xos roliklarda aks ettirildi.