Moskvada erkak, ayol va qizchaning o`limi yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Tergov bergan ma`lumotga ko`ra, erkakning uyiga eski tanishi bo`lgan ayol besh yoshli qizchasi bilan mehmonga kelgan. Erkak esa ov miltig`ini olib, ularga qarata o`t ochgan. Oqibatda ayol va qizcha voqea joyida halok bo`lgan. Shundan keyin erkak o`z joniga qasd qilib, o`ziga o`q uzgan. Ayni paytda tergovchi va kriminalistlar hodisa yuz bergan joyda ish olib bormoqdalar. Ular halok bo`lganlarning yaqinlarini, qarindoshlarini, qo`shnilarini va voqeaga guvoh bo`lgan odamlarni tergov qilishmoqda.
OAVlar bergan ma`lumotga ko`ra, o`t ochgan erkak Rossiya federasiyasi tashqi ishlar vazirligi xodimi bo`lgan.