AsosiyShou-biznes

​Muqimiy teatrida diniy ekstremizm tuzog`iga ilinib qolgan yoshlar haqida spektakl sahnalashtirildi

'​Muqimiy teatrida diniy ekstremizm tuzog`iga ilinib qolgan yoshlar haqida spektakl sahnalashtirildi'ning rasmi

Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrida "Dildagi dog` yohud qopqon" deb nomlangan ikki pardali musiqali dramaning premerasi bo`lib o`tdi.

Spektaklda ekstremizm, diniy aqidaparastlik tuzog`iga ilinib qolgan ayrim yoshlarning ayanchli qismati haqida hikoya qilinadi.

Boshi berk ko`chaga kirib qolgan yoshlarning qismati, oqu qorani ajratgunicha sarson-sargardonliklari, nainki o`zi, balki ota-onasi, yaqinlarini el-yurt oldida isnodga qoldirgan kimsalarning so`nggi pushaymoni tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Yangi sahna asari yoshlarni yanada hushyor va sergaklikka undashi bilan birga Vatan, uning kelajagi yo`lida, tinchlik va osoyishtalikni ko`z qorachig`idek asrab-avaylashda barcha birdek mas`ul ekanidan ogoh etadi.

Spektakl rejissyori O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizov. Qo`chqor Norqobil asari asosida tayyorlangan mazkur asarga musiqani kompozitor Sarvar Yusupov yozgan. Asosiy rollarni O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artistlar Turg`un Beknazarov, Gulchehra Nosirova, Aleksandr Bekjonov, artistlar Rasulxon Qodirxonov, Zulfiya Umirova, Obid Ahmedov, Nafisa Xo`jaqulova va boshqalar ijro etmoqda.

Boshqa yangiliklar