​O`zbekistonda ketma-ket yuz bergan zilzilalardan so`ng vahimali shov-shuvlar tarqaldi

Jamiyat 16.05.2017, 12:06
Teglar: Zilzila
​O`zbekistonda ketma-ket yuz bergan zilzilalardan so`ng vahimali shov-shuvlar tarqaldi

Keyingi uch-to`rt kun ichida mamlakatimizda ketma-ket bir necha marotaba kuchsiz zilzila sodir bo`lgani sezildi. Bu odamlarda vahima uyg`otdi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda har xil shov-shuv ko`tarildi. Ular orasida «Kuchli zilzilalar oldidan shunday tez-tez er silkinishlari bo`ladi», «Bu bekorga emas, yuqori balli zilzilaga ishora», qabilida fikr bildiruvchilar ham yo`q emas, deb yozadi “Daryo” “Oila davrasida” gazetasiga asoslanib.

Nashr bu gaplarda qanchalik haqiqat, asos borligiga aniqlik kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmogeodinamika laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Nurmatovga murojaat etdi.

— Markaziy Osiyo hududida zilzilalar doim bo`lib turadi, — deydi Ulfat Nurmatov. — Chunki mintaqamizda zilzila o`choqlari mavjudligi aniqlangan. Ular ma`lum bir davrlarda faollashib turadi. Hududimizda bo`layotgan tektonik harakatlar tufayli har hafta o`rtacha 10—15 marta kuchsiz er silkinishlari yuz beradi. Bu odatiy hol. Ya`ni, zilzilalar davriylik kasb etadi.

Markaziy Osiyo hududida Tojikiston, Qirg`iziston hududlari, asosan, Pomir va Tyan-Shan tog`lari tutashgan, tektonik plitalar to`qnashgan joylarda zilzila kuchi yuqoriroq bo`ladi. O`zbekistonda esa Rixter shkalasi bo`yicha 6,5 ballgacha zilzilalar sodir bo`lishi mumkin. Chunki kuchi undan yuqori er silkinishlari yuz berishi uchun tabiiy sharoit mavjud emas.

Keyingi uch-to`rt kun orasida ketma-ket yuz bergan kuchsiz zilzilalar haqida vahima ko`tarishga hech qanday asos yo`q. Yurtdoshlarimiz quruq uydirma gaplarga emas, aniq ilm-fanga asoslangani ma`qul.

Bir gapni qo`shimcha sifatida aytishim mumkin: yurtimizning qaerida, eng yuqori necha ballgacha er silkinishi mumkinligi oldindan aniqlangan. Seysmik tumanlashtirilgan xarita tuzilgan. Shu bois mamlakatimizda bino va inshootlar qurilishi ana shu xarita asosida, zilzilaga bardoshli qilib barpo etiladi. Biroq zilzila qachon, qancha kuchlanishli bo`lishi juda ko`p omillarga bog`liq bo`lgani uchun bu borada yuz foizli aniq gap aytish mushkul. Ilmiy izlanishlar bu masalaning tagiga to`liq etgani yo`q. Lekin sodir bo`lishi mumkin bo`lgan er silkinishlarining joyi va kuchini bilish masalasi nisbatan yuqori aniqlikda hal qilingan.

Sharhlar

⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

08.02.2023, 10:49

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...
Niderland seysmolog olimi Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin prognoz qilgani ma`lum bo`ldi

06.02.2023, 13:15

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...
Turkiyada kuchli zilzila sodir bo`ldi, qurbonlar bor (video)

06.02.2023, 09:34

Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...
Andijon viloyatida zilzila sodir bo`ldi

09.09.2022, 09:06

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 09.09.2022 02:00 da  zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1