Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi Qirg`izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakievning o`g`li Maksim Bakievni korrupsiya va katta miqdordagi pulni o`zlashtirishda ayblab, sirtdan uchinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
2014 yilning oktyabr oyida mazkur sud Maksim Bakievni “Aziyauniversalbank” hisobidan 50 million dollar mablag`ni o`zlashtirganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2014 yilning aprel oyida esa Maksim Bakiev biznesmen Shon Deylning joniga qasd qilishda ayblanib, ikkinchi marotaba umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Qirg`izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiev 2010 yilda lavozimidan ayrilgach, Belorus respublikasiga qochib ketgan edi. Uning o`g`li Maksim ayni paytda Buyuk Britaniyaning London shahrida muhojir-qochoq maqomida istiqomat qilmoqda.