O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn davlatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.
O`zbekiston Prezidenti o`z qutlovida o`tgan chorak asr mobaynida ikki tomonlama aloqalarimiz do`stlik, o`zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida kengayib borganini mamnuniyat bilan ta`kidlagan, deb yozadi O`zA.
Davlatimiz rahbari “birgalikdagi amaliy harakatlarimiz va o`zaro qo`llab-quvvatlash bilan hamkorligimiz yanada chuqurlashib, O`zbekiston va Pokiston o`rtasidagi do`stlik ko`prigi tobora mustahkamlanib boraveradi”, deb ishonch bildirgan.
Prezident Mamnun Husayn Pokiston hukumati va xalqi nomidan ushbu sana munosabati bilan samimiy tilaklar bildirib, “mamlakatlarimizni yaqin tarixiy, diniy va madaniy rishtalar bog`lab turishi”ni ta`kidlagan.
Qutlovda Pokiston O`zbekiston bilan turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekani qayd etilgan.