AsosiyDunyo

​Elektropoezddagi qizning g`alati qilig`i ijtimoiy tarmoqni junbushga keltirdi

'​Elektropoezddagi qizning g`alati qilig`i ijtimoiy tarmoqni junbushga keltirdi'ning rasmi

Elektropoezdda ketayotgan qizning qo`lini yuqoriga ko`tarib olgani aks etgan fotosurat “mazkur harakat nimani ifodalaydi?” degan savol bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining boshini qotirdi, deb xabar berdi “5-tv.ru” nashri.

Mazkur voqeaga guvoh bo`lgan yo`lovchilarning aytishicha, qiz bir soat davomida qo`lini pastga tushirmagan. Foydalanuvchilarning ba`zilari qizni shomonlik va jodugarlikda ayblagan bo`lsa, ba`zilari buni salomlashish, deb qabul qildi. Nihoyat surat haqida yoga o`qituvchisi Oksana Griskevich eng to`g`ri ma`lumotni taqdim etdi. “Qiz qo`lini ko`tarish orqali sharq amaliyotidagi mashqlardan birini bajarmoqda”, deb suratga izoh berdi u.

    Boshqa yangiliklar