Agar ayni paytda maktab o`quvchisi yoki oliy o`quv yurti talabasi bo`lsangiz, demak siz baxtli inson ekansiz, deb yozdi Onedio.ru nashri.
Bugungi kunda sayyoramizdagi barcha maktab, universitetlardagi o`quvchilar va talabalar hayotini engillashtirish maqsadida maktab, oliy o`quv yurti binolari arxitekturasini o`zgartirish g`oyalari ilgari surilmoqda. Bunday qulay sharoitga ega binolarda o`qiyotgan o`quvchi va talabalarning o`qishi, bilim olishi yuqoriga darajaga ko`tarilishi, o`qituvchilar esa o`z kasbini sevib, sidqidildan mehnat qilishi aniqlandi. Quyida sizni ana shunday g`oyalar asosida qurilgan zamonaviy o`quv muassasalari bilan tanishtiramiz.
1. Myunxen Texnika Universitetidagi bir zumda birinchi qavatga olib tushuvchi quvuri
2. Kimyoviy elementlarning ko`rgazmali jadvali
3. Informatika sinfidagi ajoyib g`oya
4. Matematika sinfiga olib kiruvchi eshik
5. Imtihon oldi stressini engish uchun maxsus pufakchali polietilen
6. Maktab o`quv qurollari sotadigan avtomat qurilma
7. Yaponiyadagi usti yomg`ir suvi to`planishi uchun ataylab ochiq qoldirilgan bino. Ochiq joydan bino ichiga yoqqan yomg`ir suvidan to`plangan ko`lmak bolalarning suv bilan o`ynashini ta`minlaydi.
8. O`quvchilar o`qituvchi nima qilayotganini ko`rishlari oson bo`lishi uchun pazandalik sinfi shiftiga o`rnatilgan ko`zgu.
9. Uyda biror narsasini unutgan o`quvchi uchun o`quv quroli sotadigan avtomat qurilma
10. Daraxt haqida ma`lumot beruvchi QR-kodlari
11. Barcha o`quvchilarning orzusi bo`lgan, bir zumda o`yin maydoniga olib tushadigan maxsus quvur
12. Mobil telefonlarni quvvatlantirish uchun yaratilgan quyosh batareyalari bilan jihozlangan stollar
13. Velosipedingiz buzilib qolsa, aslo qayg`urmang, maktab rahbariyati allaqachon sizga yordam berish haqida o`ylab qo`ygan
14. Quyosh nuridan saqlovchi krem bilan ta`minlovchi avtomat qurilma
15. “Adabiyot xiyoboni” kitobi muqovasi nusxasi tushirilgan maktab javonlari
16. Texnika universitetlari uchun ideal darajadagi zinapoyalar
17. O`quv yurtlarida shu tarzda o`g`irliklarning oldini olish mumkin
18. Imillagan odamlar asabingizga tegadimi? Maktab ma`muriyati mazkur masala echimi sifatida zinapoyalarni uchtaga: xotirjam ketayotganlar, yugurayotganlar va telefoniga qaraganlar uchun alohida yo`lakka bo`ldi