1

​Andijondagi qahvaxonalardan biridagi ommaviy zaharlanish oqibatida qariyb 200 kishi kasalxonaga yotqizildi

Jamiyat 17.05.2017, 16:45
Teglar: Salomatlik
​Andijondagi qahvaxonalardan biridagi ommaviy zaharlanish oqibatida qariyb 200 kishi kasalxonaga yotqizildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus xabarnomasi.

2017 yilning 15 may kuni davomida Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasiga va Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qayt qilish va ich ketish kabi ovqatdan zaharlanish belgilari bilan 212 nafar fuqarolar murojaat qilgan.

Murojaat qilgan barcha fuqarolarga shifoxonada belgilangan tartibdagi tibbiy muolajalar ko`rsatilib, 186 nafari stasionar holatda davolanish uchun yotqizilgan. Bemorlarning barchasi tuman markazida joylashgan “Maks” kafesida muzqaymoq iste`mol qilishganini aytishgan va kasallanishlarini shu bilan bog`lashgan.

Yuzaga kelgan keskin epidemik vaziyatni yumshatish va zarur maslahat hamda amaliy-uslubiy yordam ko`rsatish maqsadida, 15 may kunidan boshlab tumanda Davlat Bosh sanitar vrachi - Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari S.Saydaliev rahbarligida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Bemorlarga ko`rsatilgan barcha zarur davolash muolajalari samarasi o`tgan sutkalar ichida, ya`ni 17 may soat 8.00 holatiga 153 nafar fuqaroning holati yaxshilanib, uyiga javob berilgan. Qolgan 33 nafar bemorning holati qoniqarli, kundan-kunga yaxshilanib bormoqda.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari tomonidan bemorlar iste`mol qilgan muzqaymoq hamda ichimlik suvi manbalaridan bakteriologik va kimyoviy tahlillar o`tkazish uchun namunalar olingan, ularni tekshirish ishlari davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va viloyat hokimiyatining bir guruh mutaxassislari tomonidan Shahrixon tumanida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yuz bergan ovqatdan zaharlanish holatining kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida, tuman Ichki ishlar bo`limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1