AsosiyJamiyat

​O`zbekistonlik o`quvchilar Turkmanistondagi sayyohlik zonasida dam olishadi

'​O`zbekistonlik o`quvchilar Turkmanistondagi sayyohlik zonasida dam olishadi'ning rasmi

Turkmanboshi shahri xalqaro aeroportida Avaza milliy sayyohlik zonasiga dam olish uchun kelgan bir guruh o`zbekistonlik bolalarni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar qiladi O`zbekiston Milliy axborot agentligining hamkori Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan shu yil may oyi boshida bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida bildirilgan taklifga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva rahbarligidagi delegasiya Turkmanistonga tashrif buyurdi.

May oyi boshida bo`lgan telefon orqali muloqotda Turkmaniston Prezidenti Kaspiy qirg`oqlaridagi ekologik toza bolalar sog`lomlashtirish markazlari o`zbekistonlik bolalarni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan edi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlaridan qariyb 100 nafar boladan iborat guruh “Dayanch” bolalar sog`lomlashtirish markaziga etib keldi.

Maktab o`quvchilariga uslubchilar, O`zbekiston Xalq ta`limi, Sog`liqni saqlash vazirliklari vakillari, “Tomosha” bolalar teatr-studiyasi a`zolari va jurnalistlar hamrohlik qilmoqda, deb yozadi O`zA.

Avazada yosh mehmonlar uchun sayohatlar, musiqiy va sport tadbirlari, engil atletika va suzish bo`yicha musobaqalar, ijodiy tanlovlar, yosh bilimdonlar o`rtasida viktorina va bellashuvlar, badiiy kechalar tashkil etilishi kutilmoqda. O`zbekistonlik o`quvchilar Avaza sayyohlik zonasida 25 mayga qadar bo`lishadi.

Boshqa yangiliklar