Polshaning Monkolno qishlog`ida joylashgan eski porox zavodlaridan birida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, portlash oqibatida korxonaning olti nafar ishchisi yaralandi, ulardan ikki nafari kasalxonaga yotqizildi, yana yigirmadan ortiq xodimlar evakuasiya qilindi.
Voqea joyiga hudud meri ham kelgan. Portlash sabablari aniqlanmoqda.
YouTube da voqea joyidan olingan video joylashtirildi. Videorolikda tutun buluti paydo bo`lgani va qattiq portlash ovozi eshitilgan aks etgan.






