1

​Shavkat Mirziyoev Turkmanistonda o`zbekistonlik bolalar dam oladigan sayyohlik zonasini ko`zdan kechiradi

Jamiyat 18.05.2017, 09:04
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Turkmaniston
​Shavkat Mirziyoev Turkmanistonda o`zbekistonlik bolalar dam oladigan sayyohlik zonasini ko`zdan kechiradi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo`ladi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimizning joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston – Turkmaniston muloqotining davomi bo`ladigan Turkmanboshi shaharida o`tadigan uchrashuv va muzokaralarda mamlakatlarimiz o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Orol fojiasidan eng ko`p zarar ko`rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o`rtasida o`zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

⚡️ Turkmaniston O`zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

04.02.2023, 11:49

Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...
Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

23.01.2023, 12:13

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi

21.10.2022, 11:35

Turkmanistonda oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Dastlab, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1