AsosiyJamiyat

​Yana bir yirik kino loyihaga qo`l urildi

'​Yana bir yirik kino loyihaga qo`l urildi 'ning rasmi

12 maydan boshlab ishchi nomi “Maftuningman-2” bo`lgan filmni suratga olish ishlari boshlandi. “Dono Productions” kinokompaniyasi navbatdagi yirik kino loyihaga qo`l urdi.

2016 yilning yoz oylarida “Maftuningman-2” filmiga kasting e`lon qilingan va aktyorlar tanlovi butun mamlakat bo`ylab, har bir viloyat markazida tashkil etilganligi haqida xabar bergandik. Kastingda jami 2 000 nafar nomzod qatnashgan.

Aktyorlik mahoratini isbotlay olgan nomzodlar filmda ishtirok etmoqda. Suratga olish ishlari respublika bo`ylab amalga oshiriladi. Postanovkachi rejissyor – Abduvohid G`aniev.

Filmning ikkinchi rejissyori Dilbar Yusupova bilan bog`langanimizda filmga asosan yangi qahramonlar jalb qilinganligini faqatgina rejissyor obrazi “Isnod” kartinasi orqali barchaga tanilgan aktyor Shohruh Hamdamovga topshirilganligini ma`lum qildi.

Mutlaqo yangi va o`zgacha talqinda yaratilgan film voqealari tomoshabinni befarq qoldirmasligi aniq.

Quyida e`tiboringizga 12-17 may kunlari Boysunda bo`lib o`tgan suratga olish jarayonlaridan kadrlar havola etilmoqda.


















Boshqa yangiliklar