AsosiyJamiyat

​“Toshshahartransxizmat” rahbari 5 kun ichida ishni yaxshi tomonga o`zgartirmagan avtokorxona rahbarlarni ogohlantirdi

'​“Toshshahartransxizmat” rahbari 5 kun ichida ishni yaxshi tomonga o`zgartirmagan avtokorxona rahbarlarni ogohlantirdi'ning rasmi

2017 yilning 17 may kuni “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi v.v.b. X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Mazkur yig`ilishda X.Xolmatov 2017 yilning 12 va 13 may kunlari o`tkazilgan yig`ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi to`g`risida har bir avtobus korxonasi rahbarining hisobotini tingladi. Avtobus korxonasi rahbarlariga ishni tubdan yaxshilash va fidokorona mehnat qilib o`zini ko`rsatish uchun rahbarlarga berilgan 10 kunlik muddatdan 5 kuni o`tib ketganini, o`tgan vaqt davomida sezilarli o`zgarishlar bo`lmaganini tanqid qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ tizimida ijobiy o`zgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan o`n kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini ta`kidlab, o`tgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga o`zgartirmagan rahbarlarni ogohlantirdi.

Boshqa yangiliklar