1

​Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko`cha va unga bag`ishlangan me`moriy yodgorlik ochildi

Jamiyat 19.05.2017, 11:22
Teglar: Toshkent
​Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko`cha va unga bag`ishlangan me`moriy yodgorlik ochildi

Toshkent shahrida ulug` turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko`cha va unga bag`ishlangan me`moriy yodgorlik ochildi, deb xabar beradi O`zA.

18 may kuni poytaxtimizda bo`lib o`tgan ochilish marosimida mamlakatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, turli milliy madaniyat markazlari vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, san`atkorlar, talabalar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi O`zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo`shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yaqqol isboti bo`ldi.

Mazkur tashrif davomida Amudaryoda qurilgan Turkmanobod-Farab avtomobil va temir yo`l ko`priklari, ushbu shaharda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi markaziy ko`cha va yodgorlik majmuasi ochilgan edi.

Tashrif arafasida poytaxtimizdagi eng ko`rkam va go`zal ko`chalardan biriga Maxtumquli nomi berildi. Shavkat Mirziyoev Turkmanistonda Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining o`zbek tilida chop etilgan “Elingga baxsh ayla” kitobini sovg`a qildi. Bularning barchasi mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik yaxshi qo`shnichilik va qardoshlik tamoyillari asosida rivojlanib borayotganini yorqin namoyon etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo`lishi mazkur oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomidir. Ushbu tashrif oldidan Toshkent shahrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko`cha va unga bag`ishlangan me`moriy yodgorlik ochilishi O`zbekistonning qardosh va birodar turkman xalqiga yuksak hurmat va e`tiborining yana bir yorqin ifodasi bo`ldi.

Monumental yodgorlik muallifi – xorazmlik yosh haykaltarosh Jasvand Annazarov.

Maxtumquli yodgorligi poyi gullarga burkandi.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1