Andijon viloyatining Asaka tumani markazidagi “Tantana” to`yxonasida Asaka, Shahrixon, Baliqchi va Oltinko`l tumanlaridan 21 bolaning sunnat to`yi o`tkazildi, deb xabar beradi O`zA.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo`mitasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, tumanlar hokimliklari va qator tashkilotlar hamkorligida o`tkazilgan tantanada to`y bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug`lari, mahalla faollari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash, jamiyatda o`zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag`rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi.
To`y bolalar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.Bolajonlarga viloyat hokimligi va homiy tashkilotlarning sovg`alari, Xalq banki tomonidan hisobiga 1 million so`mdan mablag` qo`yilgan omonat daftarchalari topshirildi.