2017 yilning 14 may kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” bozori yonida 1984 yilda tug`ilgan Zangiota tumani Bobur ko`chasi 1A uyda yashovchi fuqaro Safaev Shuhrat G`ayratovich, 1973 yilda tug`ilgan Yunusobod 7 mavzesi, 36-uy, 17 xonadonda yashovchi Eshmuhamedov Dilshod Ermatovichga tegishli bo`lgan avtoulov eshiklarini, o`zi tomonidan qo`lbola usulda yasalgan universal pulti yordamida ochib, ushbu shaxsga tegishli bo`lgan 400.000 so`m pul va uyali aloqa telefon apparatini yashirin ravishda talon-taroj qilganligi uchun ushlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti.
Chilonzor tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.