2017 yilning 18 may kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo`l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan, 2 nafar shaxslar Mirzo Ulug`bek va Uchtepa tumanlarida vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qoidabuzarliklarni aniqlash va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha:
2017 yilning 18 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3635 ta qoidabuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 1141 tasini qo`pol turdagi qoidabuzarliklar, 30 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo`l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 18 may kuni jami 1059 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 618 tasini svetaforning taqiqlovchi signaliga bo`ysunmasdan harakatlangan, 441 tasi belgilangan tezlikni me`yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.






