“Hayot davom etar” nomli saundtrek “Yana mahallada duv-duv gap” filmi uchun maxsus kuylangan bo`lib, kuni kecha mazkur videoning premerasi bo`lib o`tdi.
“Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, saundtrek so`zlari Shoira G`iyosovaga, musiqasi Shuhrat Zokirovga tegishli.
Uzoq kutilgan film premerasiga ham oz fursatlar qolmoqda. Shuhrat Abbosov rejissyorligida 6 oy suratga olingan mazkur film ssenariysi 5 yil davomida yozilgan.
Kinokartina postanovkachi rejissyorlari Shuhrat va Nozim Abbosovlar.
Kinofilm Farg`ona viloyati (Farg`ona, Marg`ilon, Qo`qon shaharlari, Rishton, O`zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olingan bo`lib, unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan.
Ayni damda kinokompaniya yana bir yirik loyihaga qo`l urgan. Ishchi nomi “Maftuningman-2” bo`lgan yangi film rejissyor Abduvohid G`aniev tomonidan suratga olinmoqda. Mazkur filmning o`ziga xos tomoni unda deyarli mashhurlar ishtirok etmaydi.
Quyida “Hayot davom etar” saundtrek videosini tomosha qilishingiz mumkin.