Gollivud aktyori va Amerikaning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmining oltinchi qismida suratga tushishni rejalashtirganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Shvarsenegger rejissyor Jeyms Kemeron bilan uchrashib, blokbasterning navbatdagi qismini muhokama qilgani haqida xabar qildi.
“ U qaytdi, yana olg`a intilmoqda. Kemeronning filmni davom ettirish haqida bir qancha ajoyib g`oyalari bor. Men filmda ishtirok etaman”, dedi yaqinda 70 yoshga to`ladigan Shvarsenegger.
Shvarsenegger bodibilding bo`yicha bir qancha mukofotlar sovrindoridir. Aktyor 1968 yilda, 21 yoshida Avstriyadan AQShga ko`chib o`tgan. 1960 yildan beri filmlarda suratga tushib keladi. U 1980 yilda sport karerasini tugatgan. 2003 yilning noyabridan 2011 yilning yanvariga qadar Kaliforniya shtati gubernatori lavozimida xizmat qildi. “Terminator” fantastik trilogiyasida inson qiyofasidagi temirtan obrazini yaratgan. Mazkur rol aktyorning tashrif qog`oziga aylangan.