2017 yil 20 may kuni soat taxminan 11:30 da boshqaruvida «Spark» rusumli avtoulov bo`lgan haydovchi ishtirokida YTH sodir bo`ldi.
Haydovchi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg`ur ko`chasi bo`ylab boshqarib kelib, beligilangan tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan holda, yo`l chetiga chiqib ketib, avtoulovni beton ariqqa urgan.
Yo`l transport hodisasidan olingan tan jarohatlari oqibatida haydovchi shifoxonaga borishda vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







