Moskva shahrining Xamovniki tuman sudi bankning mashhur xonanda Filipp Kirokorovga nisbatan yozgan da`vo arizasini qisman qondirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Sud Rossiya estradasi qirolidan davlat boji bilan birga 499 ming rubl undirish to`g`risida qaror chiqardi.
Da`vogar bergan ma`lumotga ko`ra, xonanda “Serix” nomli bankdan 2015 yilda 26% foiz to`lash sharti bilan 22,8 million rubl kredit olgan. Avvaliga Filipp Kirkorov o`z vaqtida qarzlarini to`lab borgan, 2016 yilda bankning lisenziyasi olib qo`yilgandan keyin to`lovni to`xtatgan. Shundan keyin bank da`vo arizasi bilan sudga murojaat etdi.
Estrada qirolining matbuot kotibi Anton Korobkov-Zemlyanskiy haqiqatan ham “Filipp Kirkorov Prodakshin” kompaniyasi “Serix” bankidan kredit olganligini tasdiqladi. Ammo uning lisenziyasi olib qo`yilgandan keyin kreditni kimga to`lashni bilmaganliklarini ma`lum qildi. Mazkur qarordan keyin xonanda qarzni batamom yopdi.