Rossiya davlat Dumasi kechasi odamlarning tinchligini buzgan odamni yuz ming rubl jarimaga tortish haqidagi qonun loyihasini ko`rib chiqmoqda, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Yangi Qonun loyihasida ma`muriy qonunbuzarlik Kodeksiga yangi modda kiritish, unda fuqarolar tinchligini buzgan odamlarga nisbatan qonuniy chora ko`rish taklifi kiritildi. Mazkur qonunga asosan ko`p qavatli uylar, mehmonxonalar va yotoqxonalarda soat 22.00 dan tonggi 06.00 gacha tinchlik hukm surishi lozim. Osoyishtalikni buzgan odam jazolanadi.
Tinchlikni buzgan oddiy fuqarolar 2 ming, rahbarlik lavozimida ishlaydigan odamlar 10 mingdan 20 ming rublgacha, yuridik shaxslar 50 mingdan 100 ming rublgacha jarima to`laydi.