Rossiyaning Kuzbassdagi Berezovskiy shahrida yashovchi 6 yoshli qizcha qo`liga soyabon tutgancha, to`rtincha qavatdan sakradi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, qizcha multfilm qahramoniga taqlid qilgan. Polisiya xodimlari qizchaga bobosi qaraganligini, u bir necha daqiqaga tashqariga chiqqanligiga, qarovsiz qolgan qizcha soyabonini ochib, to`rtinchi qavatdan pastga sakraganligini aniqladi. Ayni paytda u inson hayoti uchun xavfli bo`lgan jarohatlar olgani tufayli kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar qizchaning ko`plab sinish jarohati olganligini qayd etishdi. Tergov ishlari olib borilmoqda.