AsosiyJamiyat

​21 may kuni Toshkentda 29 nafar mast holda avtomobil boshqargan haydovchi aniqlandi

'​21 may kuni Toshkentda 29 nafar mast holda avtomobil boshqargan haydovchi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB 21 may kuni qayd etilgan yo`l-transport hodisalari va aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan ma`lumot berdi.

2017 yilning 21 may kuni Toshkent shahri hududida 3 ta yo`l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo`l-transport hodisalarida 3 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Qoidabuzarliklarni aniqlash va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha:

2017 yilning 21 may kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2995 ta qoidabuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 908 tasini qo`pol turdagi qoidabuzarliklar, 29 tasi mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo`l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 21 may kuni jami 1695 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 916 tasini svetaforning taqiqlovchi signaliga bo`ysunmasdan harakatlangan, 779 tasi belgilangan tezlikni me`yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar