“Islom davlati” terrorchilik guruhi Mancheter stadionida sodir bo`lgan portlashga aloqadorligini tan oldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Bu haqda terrorizmni tadqiq qiluvchi isroillik Rita Kas o`zining Tvitter sahifasida xabar qoldirdi. Terakt sodir etilgandan keyin uning javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olganini arab jurnalistlari rad etdi. Ular terrorchilar Buyuk Britaniyada sodir etilgan terakt haqida tonggi xabarlarda ma`lum qilmaganligini vaj qilib ko`rsatishdi.
23 mayga o`tar kechasi Manchester shahar stadionida ro`y bergan terakt 22 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, qurbon bo`lganlar orasida bolalar ham bor. Yaralangan 59 nafar odam turli tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.