1

​O`zbekiston Prezidenti Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat 24.05.2017, 10:19
Teglar: O`zbekiston, Rossiya, Shavkat Mirziyoev, Prezident, ​Ichki ishlar
​O`zbekiston Prezidenti Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 may kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federasiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralarining terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va qurol-yarog`lar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi o`zaro faol hamkorligini davom ettirish g`oyat muhim ekanini ta`kidladi, deb yozadi O`zA.

Uchrashuvda Prezidentimizning shu yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federasiyasiga oliy darajadagi tashrifi davomida qabul qilingan ikki tomonlama, shu jumladan, migrasiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Rossiya ichki ishlar vaziri O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini etkazdi.

V.Kolokolsev mamlakatimiz ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o`rtasida keng ko`lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Rossiyadagi eri bilan janjallashgan ayol farzandlarini kaltakladi. Onaga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

15.07.2023, 09:45

Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 1996 yilda tug`ilgan ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga etmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga...
Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1