25-27 may kunlari O`zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrining G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida an`anaviy respublika “Kitob bayrami” tashkil etilmoqda.
Tadbir Respublikamiz aholisining, ayniqsa, yosh avlodning ma`naviy va intellektual ehtiyojlarini qondirishda kitobning o`rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida o`tkaziladi.
Mazkur tadbir doirasida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ensiklopedik yo`nalishdagi kitoblar taqdimoti, noshir va mualliflar, adib va shoirlar, kitob grafikasi rassomlarining kitobxonlar bilan bevosita ijodiy uchrashuv-muloqotlari, mushoiralar, sovrinli intellektual viktorinalar, shuningdek, “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” konsert dasturi bo`lib o`tadi.
26 mayda “Kitob – millatning bebaho madaniy va ma`naviy merosi” mavzuidagi V ilmiy-amaliy konferensiya ham o`tkaziladi.