“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlangani haqida “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 19 maydagi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini yo`lga qo`yishni tashkil etish to`g`risidagi buyrug`iga asosan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori Haydarov Azamat Haydarovich “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtinchalik bajarish yuklatildi.
Bundan avval Azamat Haydarov Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori lavozimida ishlab kelyotgan edi.






