AsosiyJamiyat

​23 may kuni Matiz ishtirokidagi YTHda yo`lovchilardan biri vafot etdi

'​23 may kuni Matiz ishtirokidagi YTHda yo`lovchilardan biri vafot etdi'ning rasmi

2017 yil 23 may kuni taxminan soat 16:30 da, haydovchi Xolmatov Sherzod «Matiz» rusumli avtoulovni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko`chasi bo`ylab boshqarib kelib, boshqaruvni yo`qotgan holda, yo`l chetiga chiqib ketgan va katta tezlikda piyodalar yo`lagi temir panjara ustuniga to`qnashgan.

Yo`l transport hodisasi oqibatida avtoulovning 3 nafar yo`lovchilari turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan va ularning biri shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o`limiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Haydovchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Boshqa yangiliklar