Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining quyosh o`chog`idan alanga oldirilgan “Barkamol avlod – 2017” sport o`yinlarining mash`alasi Jizzax shahriga kirib keldi.
Jizzaxgacha bo`lgan 301 kilometr masofa oralig`ida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududlaridan o`tish davomida shahar va qishloqlarda yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida “Barkamol avlod – 2017” mash`alasini kutib olishga, kuzatishga bag`ishlangan madaniy-ma`rifiy tadbirlar bo`lib o`tdi.
Mash`ala Jizzax viloyati chegarasida jamoatchilik vakillari, yoshlar tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi, deb yozadi O`zA.