Moskva shahrida transport vositasi yordamida teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan jangarilar qo`lga olindi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Jangarilar guruhi tarkibida rossiyalik va markaziy osiyolik fuqarolar bo`lib, ularni Suriyadan jangarilar rahbari boshqarib turgan.
Nashr bergan xabarga ko`ra, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Moskvaning g`arbiy qismida joylashgan aholi yashaydigan kvartiralardan biridan portlovchi qurilma va “Hizb-ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotiga oid adabiyotlar topilgan.