AsosiyJamiyat

​IIV: 4 oyda 400 nafardan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi

'​IIV: 4 oyda 400 nafardan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi 'ning rasmi

Mamlakatimizda fuqarolarning tinch hayot kechirishi va ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo`lgan ishonchining ortishi ushbu organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha ishlarning samarali tashkil etilganlik darajasiga bog`liqdir.

Bugungi kunda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash va jamiyatning har bir a`zosi xafsiziligini ta`minlash maqsadida ichki ishlar organlarining manfaatdor vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorligi asosida keng ko`lamli profilaktik tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o`rganish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy o`q otar qurollar va norkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda.

Mazkur yo`nalishda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning ohirgi to`rt oyi davomida 130 mingdan ortiq shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi, 400 nafardan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 190 mingdan ortiq profilaktika suhbatlar o`tkazildi.

Asosiy e`tibor, voyaga etmaganlar va yoshlar tariyasiga qaratilib, o`quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta`lim muassasalaridagi davomatini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, mart oyida voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning darajasi 0,7 foizga, yoshlar o`rtasida 2,1 foizga, shu jumladan kollej va lisey o`quvchilari o`rtasida 19,2 foizga, oliy ta`lim muassasalarida 31 foizga kamaydi.

Qayd etish kerakki, huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o`rin egallaydi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda hamiyatning har bir a`zosi davlat kelajagiga befarq bo`lmasligi lozim.

Shu bilan birga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi barcha davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarini, shuningdek, fuqarolarni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” samarali o`tkazilishi hamda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol hamkorlikka chorlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar