Vladivostokdagi Primorsk okeanariumidagi adaptasiya korpusidan Tinch okeanning 12 kilogrammli sakkizoyog`i qochib ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Muzey xodimlari uni poldan topishdi. Sakkizoyoqning suyagi bo`lmagani bois, u har qanday tirqishdan bemalol o`tib ketadi. Sakkizoyoq jabrlanmagan, u sog`-salomat o`z joyiga qaytarildi. Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, sakkizoyoq suvsiz va kislorodsiz 18 soat yashashi mumkin.
Mazkur sakkizoyoq 26 may kuni g`avvoslar tomonidan Rus orolidagi okeanariumdan topishgan va adaptasiya korpusiga joylashtirishgan edi.