AsosiyDunyo

​Krasnodarda asalari qutilari ortilgan avtomobil ag`darilib, asalarilar odamlarga hujum qildi

'​Krasnodarda asalari qutilari ortilgan avtomobil ag`darilib, asalarilar odamlarga hujum qildi'ning rasmi

Krasnodar-Novorossiysk yo`lida asalari qutilari ortilgan avtomobil ag`darilib, minglab asalarilar ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Asalarichilar ayni paytda butun qolgan qutilarni yig`ishtirmoqda. YTH sodir bo`lgan joyga maxsus kiyimsiz yaqinlashib bo`lmaydi. Chunki arilar yaqinlashgan odamga hujum qiladi. Ular bir nechta kishini chaqishga ulgurdi. Avtofalokat sodir bo`lgan joyda avtomobil tirbandligi yuzaga keldi. “Yandeks xarita” orqali bo`lib o`tgan voqea yuzasidan haydovchi va yo`lovchilar ogohlantirildi, ularga oynalarni yopib harakatlanish tavsiya etildi. Bundan tashqari, yo`llarda polisiyachilar navbatchilik qilmoqda.

Boshqa yangiliklar